08:41 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Sport
Havola olish
25220

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi. Bugun chempion ishtirokida Milliy olimpiya qoʻmitasida matbuot anjumani tashkil etildi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC boʻyicha jahon chempioni Habib Nurmagomedov 30 noyabrdan 1 dekabr oʻtar kechasi Toshkentga keldi.

Bugun, chempion ishtirokida Milliy olimpiya qoʻmitasida matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

“Birinchi navbatda, barcha oʻzbekistonlik muxlislarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Qayerda boʻlishim qatʼiy nazar, Amerika, Arab davlatlari yoki Rossiya boʻladimi, hamma joyda muxlislarni uchrataman. Doim ularning qoʻllab-quvvatlovini his etaman", - dedi chempion.

Nurmagomedov oʻz nutqida, respublikada sportga katta eʼtibor berilayotgani, sportchilar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotgani uchun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

“MMA ayni vaqtda dunyoda juda ommalashmoqda, oʻzbek jangchilari paydo boʻlmoqda, ular juda yaxshi harakat qilishmoqda. Menimcha, bu faqat boshlanishi, kelajakda mamlakatingizdan koʻplab vakillar yetishib chiqadi. Sizlarda kurash, dzyudo, boks – dunyoda eng yaxshi bokschilar, bu sport turi juda rivojlangan, bularning barchasi - MMAni tashkil qiladi.

Yigitlarning potentsialini, ularga koʻrsatilayotgan yordamni koʻrmoqdaman, oʻylaymanki, ularning kelajagi katta boʻladi. Agar mendan biron bir narsa talab qilinsa, men doimo yaqinda boʻlaman, maslahat, yordam beraman. Ollohning oʻzi Sizlarni qoʻllasin”, - dedi sportchi.

Eslatib oʻtamiz, Habib Nurmagomedov oʻtgan yil 23 noyabr kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurgan va Humo Arena sport majmuasida ilk bor boʻlib oʻtgan aralash jang sanʼati boʻyicha xalqaro musobaqada faxriy mehmon sifatida qatnashgan edi.

2020 yilning 25 oktyabr kuni UFC 254 musobaqasida Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji ustidan gʻalaba qozonib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangdan soʻng rossiyalik chempion MMAdagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi.

Sportchi 29 ta jangda oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan.

Nurmagomedovning Getji ustidan gʻalabasidan soʻng UFC rahbariyati vazn toifasidan qatʼiy nazar jangchilarning yangilangan reytingini taqdim etdi, unda Habib birinchi oʻrinni egalladi.

Teglar:
Habib Nurmagomedov, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular