11:23 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Sport
Havola olish
218 0 0

Taʼkidlanishicha, Ijroqoʻm yigʻilishi orqali mamlakat nomidan OOK vitse-prezidentligiga nomzod vakil tavsiya etish amaliyoti oʻzbek sporti tarixida birinchi bor yoʻlga qoʻyilmoqda.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Kecha, 9 dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Ijroiya qoʻmitasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Onlayn oʻtgan majlisda tashkilot oldida turgan bir qator muhim vazifalar, kelajakdagi rejalar muhokama qilib olindi. Kun tartibidan 16 dekabr kuni Oʻmonning Maskat shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Bosh assambleyasiga tayyorgarlik koʻrish, ushbu tadbirda boʻlib oʻtadigan OOK rahbariyati tarkibiga, xususan, tashkilot vitse-prezidentligiga Oʻzbekiston tomonidan taklif etiladigan nomzodni koʻrib chiqish, masalalari oʻrin oldi.

Otabek Umarov Oʻrta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylandi

Majlisda sport va tashkilotchilik boʻyicha katta salohiyatga ega boʻlgan Otabek Umarov nomzodi Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) vitse-prezidentligiga ilgari surildi. 

“OOK vitse-prezidentligiga koʻrsatilayotgan nomzod ayni paytda eng munosib vakil deb aytishim mumkin. Bu inson sportni gʻoyatda sevadi va oʻzi ham sport bilan muntazam shugʻullanadi. Faoliyati davomida mamlakatimizda bir qator sport turlarini rivojlantirishda, Olimpiya harakatini targʻib qilishda tashabbus koʻrsatgan”, – dedi MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov.

Taʼkidlanishicha, Ijroqoʻm yigʻilishi orqali mamlakat nomidan OOK vitse-prezidentligiga nomzod vakil tavsiya etish amaliyoti oʻzbek sporti tarixida birinchi bor yoʻlga qoʻyilmoqda.

Shuningdek, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlari direktsiyasining direktori ham saylab olindi. Ushbu masʼuliyatli lavozimga MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov bir ovozdan maʼqul koʻrildi.

Maskatda boʻlib oʻtadigan Bosh assambleya kun tartibidan 2030 yil boʻlib oʻtadigan yozgi Osiyo oʻyinlari mezbonini aniqlash, tashkilot vitse-prezidentlarini saylash, 2025 yil boʻlib oʻtadigan IV yoshlar Osiyo oʻyinlari mezbon mamlakati bilan shartnoma imzolash kabi masalalar oʻrin olgan.

Teglar:
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Otabek Umarov

Asosiy mavzular