07:22 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Sport
Havola olish
34010

“SKA-Xabarovsk” futbol klubi bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Sergey Yuran “Match Premyer” telekanaliga bergan interyusida Oston Oʻrunov oʻz yoshini kichraytirganini iddao qilgan edi.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rossiyalik murabbiy Sergey Yurandan mamlakat milliy terma jamoa aʼzosi va Moskvaning “Spartak” klubi oʻyinchisi Oston Oʻrunov haqidagi soʻzlarini isbotlashni yoki butun oʻzbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr soʻrashini talab qildi.

OʻFA bayonotida keltirilishicha, “SKA-Xabarovsk” futbol klubi bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Sergey Yuranning Oʻrunovning yoshi 4-5 yilga katta ekanligi haqidagi soʻzlari butun oʻzbek futboli jamoatchiligini hayron qoldirgan.

Assotsatsiya qitʼada yosh kichraytirish bilan bogʻliq muammolarni oldini olish uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qoʻyilgan talabga muvofiq Oʻrunov bir necha bor Magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) oʻtkazilganini taʼkidlagan. Tahlil xulosasiga koʻra futbolchining OFK tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan.

OʻFA rossiyalik murabbiy haqiqatdan bexabar va oʻzbek futbolidagi hozirgi vaziyat toʻgʻrisida umuman tasavvurga ega emas deb hisoblaydi. Nafaqat OʻFA, balki Oʻzbekiston hukumati ham futbolchilarning yosh kichraytirish bilan bogʻliq muammolarga qarshi kurashishda barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. Istisnosiz barcha futbolchilarning hujjatlari, ularning yoshligidan boshlab, shu jumladan Respublikaning vakolatli organlari tomonidan oʻrganiladi va tekshirib boriladi.

Taʼkidlanishicha, Oston Oʻrunov nafaqat mamlakat, balki butun Osiyodagi iqtidorli va istiqbolli futbolchilardan bir hisoblanadi. Futbolchiga Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi qiziqish katta.

“Yuranning oʻylamay aytgan soʻzlari Oston Oʻrunovning obroʻsiga putur yetkazadi hamda butun Oʻzbekiston va Osiyodagi futbolchilarni tayyorlash tizimiga soya soladi. Sobiq futbolchi Sergey Yuran uning soʻzlari tufayli futbolchiga qanday maʼnaviy zararni yetkazib qoʻyganini anglolmasa ham kerak. Koʻrinishidan odob-axloq, toʻgʻrisoʻzlik va oʻzi kabi futbolchilar bilan birdamlik tushunchalari Yuran uchun begonaga oʻxshaydi”, - deyilgan bayonotda.

Assotsiatsiya rossiyalik murabbiydan isbot-dadil talab qilgan yoki Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda butun oʻzbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr soʻrashini talab qilgan.

“Biz Sergey Yuranning bayonotini asossiz va masʼuliyatsizlik deb hisoblaymiz hamda Oston Oʻrunovning yoshi boʻyicha aytgan ayblovlari uchun darhol aniq dalil-isbot keltirishini talab qilamiz. Bundan tashqari ushbu mutaxassis Oston Oʻrunov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda butun oʻzbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr soʻrashini talab qilamiz”, - deyilgan OʻFA rasmiy bayonotida.

Shuningdek, assotsiatsiya Rossiya futbol ittifoqi (RFS) Etika qoʻmitasini ushbu holatni sinchkovlik bilan oʻrganishga hamda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oston Oʻrunovga, oʻz navbatida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi obroʻsiga putur yetkazadigan ayblov bilan chiqish qilgan Sergey Yuranga chora koʻrishga chaqirgan.

Teglar:
OʻFA, futbol, Oston Oʻrunov

Asosiy mavzular