10:51 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Sport
Havola olish
105 0 0

Moskvada boʻlib oʻtgan Jahon kubogida oʻzbekistonlik sportchilar 3ta oltin, 8ta kumush va 3ta bronza medallarni qoʻlga kirtishdi.

TOSHKENT, 22 dek - Sputnik. Oʻzbekiston sambochilari Moskvada boʻlib oʻtgan Jahon kubogi musobaqasida 14ta medal qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-oʻrinni qoʻlgan kiritishdi, deb xabar qilmoqda Milliy Gvardiya telegram kanali. 

"Murosasiz bellashuvlar natijasida hamyurtlarimiz - 3 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza medallarni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladilar", - deyilgan xabarda. 

Sportchilar orasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Sarbon Ernazarov oltin hamda Ulgʻbek Raxmonov kumush medalni qoʻlga kiritdi. Toshkent xalqaro aeroportida sportchilar munosib kutib olindi.

Kubok mira po sambo v Moskve
Kubok mira po sambo v Moskve

Moskvadagi xalqaro turnirda 17 ta davlatdan 130 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etgan.

Torjestvennaya vstrecha sportsmenov v aeroportu Tashkenta
Torjestvennaya vstrecha sportsmenov v aeroportu Tashkenta

 

 

Asosiy mavzular