17:37 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Sport
Havola olish
51710

“Jenoa” oʻz maydonida “Latsio”ni qabul qildi. Ikkinchi boʻlimda maydonga tushgan Eldor Shomurodov golli uzatmani amalga oshirdi

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Kecha, 3 yanvar kuni futbol boʻyicha Italiya A Seriyasining 15- turidan oʻrin olgan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

“Jenoa” oʻz maydonida “Latsio”ni qabul qildi. Mazkur oʻyinda oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 2-boʻlimda maydonga tushdi. Bungacha rimliklar oʻyinda hisobda oldinga (0:1) chiqib olishgan edi.

Shomurodov 58-daqiqada raqiblarni aldab oʻtib, Mattia Destroga toʻpni uzatdi. Destro esa uzatmadan toʻgʻri foydalanib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Shomurodovning Italiyadagi birinchi va super goli - video

Qolgan vaqtda har ikki jamoa vakillarida, shu jumladan, Shomurodovda ham golga tortadigan vaziyatlar boʻldi. Biroq yakunda uchrashuv durang natija bilan tugadi.

Eslatib oʻtamiz, “Jenoa” – “Parma” bahsida oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Italiyada oʻzining ilk golini urishga muvaffaq boʻlgan edi.

Teglar:
Eldor Shomurodov, futbol

Asosiy mavzular