10:48 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Sport
Havola olish
512 0 0

Politsiyachilar maʼlumotiga koʻra, qoʻshnilar ayollardan biri ularning eshigini taqillatib: "U meni oʻldirmoqchi. Yolvoraman, singlimga yordam bering", deya baqirganidan soʻng uygʻonib ketganlar.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Mutlaq jangchilar chempionati jangchisi (UFC) Irvin Rivera oʻz singillariga hujum qilganidan soʻng hibsga olindi, deb xabar bermoqda CBS Sports Floridadagi Boyton-Bich shahri politsiyasiga tayangan holda.

Politsiyachilar maʼlumotiga koʻra, qoʻshnilar ayollardan biri ularning eshigini jon holatda taqillatib: "U meni oʻldirmoqchi. Yolvoraman, singlimga yordam bering", deya baqirganidan soʻng uygʻonib ketishgan.

Afti qonga belangan Rivera qoʻshnilarga hammasi joyidaligini aytgan va eshikni tamballab olgan, shundan soʻng uydan qochib ketgan.

Chaqiriqqa yetib kelgan politsiyachilar sportchi qarorgohida uning kenja singlisini yelka, bosh va qoʻl jarohatlari bilan aniqlashgan. Katta singilning yuzi, yelkasi, qoʻllari va ikkala oʻpkasida jarohatlar borligi aniqlangan. Opa-singillar zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Ayollardan birining ahvoli stabil, ikkinchisiniki ogʻir.

Politsiya Riverani qoʻlga olgan. Sportchi ikkala singlisini ham oʻldirganiga shubha qilmagan. U politsiyachilarga hujumni "bu uning maqsadi boʻlgani", buni unga "oliy hukumat buyurgani" tufayli amalga oshirganini aytgan.

Sportchi qotilikni amalga oshirishga uringanlikda ayblanmoqda, u hozirda Palm-Bich qamoqxonasiga yotqizilgan.

Teglar:
boks, UFC

Asosiy mavzular