12:44 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Sport
Havola olish
575 0 0

Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida Jastin Getjini magʻlub qilgandan soʻng sportdagi faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. UFCʼning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov qaysi holatda karyerasini qayta tiklash haqida oʻylab koʻrishini maʼlum qildi. Kuni kecha u tashkilot prezidenti Dana Uayt Abu-Dabida uchrashuv oʻtkazdi. Dana Uayt uchrashuv tafsilotlarini ochiqladi.

Uaytning soʻzlariga koʻra, soʻnggi paytlarda Habibning boshiga koʻplab sinovlar tushgan: otasining vafoti, Getji bilan jangdan oldin oyogʻining jarohatlanishi.

“Oʻshanda Habib bilan oʻziga kelib olishi uchun tanaffus olish borasida kelishib olgandik. Habib oʻzi xohlagan barcha narsaga erishdi. Uning qaytishi uchun motivatsiya yoʻq. Kelasi hafta biz ikkita top jang guvohiga aylanamiz: Konor Makgregor Dastin Poryega qarshi, Maykl Chendler esa Den Hukerga. Agar ushbu yigitlar qandaydir fenomenal narsa koʻrsata olsa, Habib qaytish borasida oʻylab koʻrishini aytdi”, - dedi Uayt. U Habibga braziliyalik Charlz Oliveyra oʻtkazgan jang maʼqul kelganini qoʻshimcha qilgan.

“U (Habib. – Sputnik)  Habib qaytish uchun sabab koʻrmasa, divizion chempionligini ushlab turmaydi. U UFC 257ga kelmoqchi, koʻramiz”, - deya xotima qildi Uayt.

Habib esa oʻzining Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida UFCʼ rahbari bilan suhbat tafsilotlarini "Kavkaz asirasi" filmi sahnasi asosidagi tayyorlangan hazil rolik bilan taʼrifladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov)

Eslatib oʻtamiz, Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida Jastin Getjini magʻlub qilgandan soʻng sportdagi faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgan edi. U 29 marta jang oʻtkazib, ularning barchasida qoʻli baland kelgan.

 

Asosiy mavzular