04:38 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Sport
Havola olish
354 0 0

Soʻnggi paytlarda Italiya OAVlarida “Yuventus” Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar tez-tez koʻzga tashlanmoqda.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Italiyaning “Yuventus” klubi “Jenoa”da toʻp surayotgan oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning ehtimoliy oʻtishi borasida muloqot qildi. Bu haqda “Salciomercato” nashri xabar qilmoqda.

Qayd etish joizki, soʻnggi paytlarda Italiya OAVlarida “Yuventus” Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar tez-tez koʻzga tashlanmoqda. Xususan, “Tuttosport” nashri birinchilardan boʻlib Shomurodovning xizmatlariga “Yuventus”dan jiddiy qiziqish mavjudligi va unga Alvaro Morataning oʻrinbosari sifatida qaralayotgani haqida yozdi. Turinliklar sport direktori Fabio Paratichi jamoaga koʻrsatkich hamda salohiyati Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala va Alvaro Moratanikidan farq qiladigan toʻrtinchi hujumchini olib kelmoqchi.

Keyinchalik Fabio Paratichi klubning Eldor Shomurodovga boʻlgan qiziqish haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, hozircha jamoani oʻzbek forvardi yordamida kuchaytirishga ehtiyoji yoʻqgini maʼlum qilgandi. Agar bozorda istiqbolli imkoniyatlar paydo boʻlsa, ulardan foydalanishlarini istisno qilmagandi.

Shomurodov oktyabr oyida Rossiyaning “Rostov” klubidan Italiyaning “Jenoa” klubiga oʻtgandi. U yangi jamoada hozirga qadar 12 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq boʻldi.

Teglar:
futbol, Eldor Shomurodov

Asosiy mavzular