TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Ertaga oʻzbekistonlik Zarrux Adashev UFC oqshomida oktagonga chiqadi. Bellashuv Abu-Dabida “UFC jang orolida” boʻlib oʻtadi.
Zarrux Adashevning raqibi - xitoylik Su Mudayerji.
Kuni kecha nigohlar toʻqnashuvi oʻtkazilib, ular vazn oʻlchashda qatnashishdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Zarrux Adashev - 2018 yilda Bellator’da Kristian Medina bilan jangda muvaffaqiyatli debyut qildi. 2019 yil fevral oyida u Roni Arana Leon ustidan hakamlar qarori bilan gʻalaba qozondi. 2020 yil iyun oyida u UFC bilan shartnoma imzoladi.