14:27 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Sport
Havola olish
65 0 0

Ayni damda Oʻzbekistondan 3 nafar karatechi Olimpiadaga yoʻllanma olishi kutilmoqda.Ular Olimpiada reyting jadvaling kuchli 20 taligidan joy olgan.

TOSHKENT, 22 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston karatechilari 2021 yilgi Olimpiada litseziyasini olish uchun bor kuch-gʻayratlari bilan harakat qilmoqdalar, deb xabar qilmoqda Milliy Karate federatsiyasi. 

"Bu yil Olimpiada yili va karate sport turi tarixda ilk bor ushbu oʻyinlar tarkibiga kiritilgan. Hozirda oʻzbek karatechilari Olimpiada litseziyasini olish uchun bor kuch-gʻayratlari bilan harakat qilmoqdalar", - dedi federatsiya rahbari Nurxon Nafasov.

Xabarda aytilishiga koʻra, ayni damda Oʻzbekistondan 3 nafar karatechi Olimpiadaga yoʻllanma olishi kutilmoqda. Terma jamoa aʼzosi Dostonbek Otabolayev Olimpiada reyting jadvaling 11-pogʻonasidan joy olgan va yana 2 nafar karatechi kuchli 20 talikda.

Undan tashqari 2021 yilning sentyabr oyida Toshkent karate sport turining eng nufuzli Premyer-liga musobaqalari boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda 60 ta davlatdan eng kuchli karatechilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqalar davomida Jahon va Osiyo karate federatsiyalari bilan muzokalar olib borish moʻljallangan. Muzokalarning mavzusi karate sport turini Oʻzbekistonda 2025 yilda yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtishi moʻljallanayotgan Osiyo oʻyinlaridan oʻrin olish boʻladi.

 

Asosiy mavzular