18:34 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sport
Havola olish
29410

Murodov uchinchi raundda kuchli zarbasi bilan amerikalik Endryu Sanchesni muvozanatni yoʻqotib qoʻyishiga erishdi va ketma-ket zarbalar berdi.

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonlik jangchi Mahmud Murodov Abu-Dabida boʻlib oʻtayotgan UFC 257 turnirida jang qildi.

Ushbu jangda unga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qildi. Uch raundga moʻljallangan jang uchinchi raundda yakunlandi. 

Murodov uchinchi raundda kuchli zarbasi bilan raqibini muvozanatni yoʻqotib qoʻyishiga erishdi va ketma-ket zarbalar berdi. Hakam ushbu vaziyatdan soʻng jangni toʻxtatdi va oʻzbekistonlik jangchining gʻalabasini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, Mahmud Murodov bungacha UFCʼda ikkita jang oʻtkazgan va ularning har ikkisida ham qoʻli baland kelgan. Bu uning uchinchi gʻalabasi boʻldi.

Asosiy mavzular