TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor amerikalik Dastin Poryega jamoasini oʻzgartirgani va zaif sparring sheriklari tufayli uchun yutqazdi. UFCʼning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov oʻzining Twitterʼdagi sahifasida shunday fikr bildirdi.
Makgregor 24 yanvar kuni Abu-Dabida boʻlib oʻtgan UFC 257 turnirida texnik nokaut bilan ikkinchi raunddayoq Poryega magʻlub boʻldi. Avvalroq Nurmagomedov navbatma-navbat Makgregor va Porye ustidan boʻgʻish usuli bilan gʻalaba qozongan edi.
“Seni chempionga aylantirgan sparing sheriklaringni, jamoangni oʻzgartirsang mana nima boʻladi”, - deya yozdi Nurmagomedov.
Uning fikriga, Konor voqelikdan uzoqda yosh bolalar bilan sparring qilgan.
2020 yil oktyabrida Nurmagomedov amerikalik Jastin Getji ustidan qoʻli baland kelib, karyerasini yakunlashini eʼlon qilgan edi. Keyinrok u oktagonga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.