TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. UFC bilan shartnoma imzolagan ilk oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Murodov UFC prezidenti Dana Uaytdan nega uning Instagram sahifasiga hozirgacha obuna boʻlmaganini soʻradi. Bu haqda Dana Uayt UFC 257 turniri yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlardan biri undan jangdan soʻng Murodov nega uning Instagram sahifasini kuzatib bormayotgani haqida soʻragani rostmi deya savol berdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
“Men unga seni endi kuzatib boraman dedim”, - deya buni tasdiqladi UFC prezidenti.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mahmud Murodov Abu-Dabida boʻlib oʻtgan UFC 257 musobaqasida amerikalik Endryu Sanchesni texnik nokautga uchratib, uchinchi gʻalabasiga erishgani xabar qilingan edi.