“Atletiko Madrid” O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochmoqchi

© Press-slujba GoskomturizmaIspanskiy futbolniy klub «Atletiko” predlojil otkrit v Uzbekistane svoyu akademiyu.
Ispanskiy futbolniy klub «Atletiko” predlojil otkrit v Uzbekistane svoyu akademiyu. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ispan klubi tez orada O‘zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini ma’lum qildi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishsa, klub mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochish taklifini bildirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Gde zajgutsya novie zvezdi: otkritie futbolnoy akademii Yuventus v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
“Yuventus” akademiyasi ochilish marosimining yorqin lahzalari – video
Ushbu taklif Madridda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ispan klubi rahbariyati bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
“Atletiko Madrid” vakillari xorijda ochilgan akademiyalari faoliyati, O‘zbekiston turizm salohiyatini dunyo bo‘ylab futbol ishqibozlariga tanitishdagi marketing imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazishdi.
“Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Atletiko Madrid” klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etish va klub imkoniyatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizning turizm salohiyati targ‘ibotida hamkorlik qilishni taklif qildi”, - deyilgan qo‘mita xabarida.
Klub tez orada O‘zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini  ma’lum qildi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishsa, klub mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda Ispaniyaning “Real Madrid” futbol akademiyasi ochilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0