TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonlik futbolchi va Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi oʻzaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.
“Jasurga keyingi faoliyatida omad tilaymiz”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq RIA Novostiga Jalolidinov oʻz faoliyatini Yevropa yoki Yaqin Sharq klublaridan birida davom ettirishi mumkinligi maʼlum boʻlgandi. Bu haqda futbolchining agenti Yuriy Belous maʼlum qilgan.
Jaloliddinov 2020 yil iyul oyida “Lokomotiv” klubiga oʻtdi va shartnoma besh yilga moʻljalangan edi. Biroq temir yoʻlchilar yarim himoyachini Rossiya premyer ligasi roʻyxatidan chiqarib yubordi va uni mavsum oxiriga qadar “Tambov”ga ijaraga berib yubordi.