Bir necha hafta oldin Italiyanig "Jenoa" futbol klubi rasmiy YouTube kanalida oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning rossiyalik 13 yoshli futbol muxlisi va bloger Maksim Istomin bilan boʻlgan intervyusi chiqqan edi. Sputnik tahririyati Shomurodovning yosh muxlisi bilan bogʻlandi.
— Maksim, "Jenoa" efiridan soʻng hayoting oʻzgardimi?
— Ha, albatta. Eldor bilan onlayn uchrashuvimizdan soʻng koʻplab OAVlar bu haqida yozishdi, menga tabriklar yuborishdi. Men “MatchTV”ga intervyu berdim va "Telesport" kanali jonli efirida boʻldim. Eldor bilan boʻlgan intervyu 65 ming marta tomosha qilindi va kanal tarixida eng koʻp tomosha qilingan videoga aylandi. Xullas, koʻp qiziq ishlar boʻldi.
— Sen Shomurodov bilan olnlayn muloqot qilishni orzu qilganmiding?
— Ha, alabatta, men shunga harakat qilgan edim, lekin aynan shunday boʻlishini tasavvur qilmagan edim. Buning uchun men "Jenoa" klubidan juda minnatdorman. Endi navbatdagi maqsadlarga oʻtamiz.

— Sening yaqinlaring va doʻstlaring ushbu efirga qanday munosabatda boʻlishdi?
— Ular mendan juda xursand boʻlishdi, tabriklashdi. Notanish odamlar ham YouTubedagi "Futbolnыy Maksimum" kanalimda juda koʻp izohlar qoldirishdi va ijobiy baholar berishdi.
—Senga Shomurodovning oʻyini nimasi bilan yoqadi?
— Menga uning ajoyib yakkaxon oʻtishlari (hujumlari), oldindan koʻra bilishi, maydonni nazorat qilishi va “ikkinchi qavatda” oʻynashi (bosh bilan) juda yoqadi.
— Sen u bilan shaxsan koʻrishganmisan?
— Xa, Eldor "Rostov" tarkibida oʻynagan vaqtalarida bir necha marotaba oʻyindan soʻng va oʻyin oldidan. Bir-ikki marotaba birga rasmga ham tushganmiz.

— Seningcha, Shomurodovda Yevropaning top klublariga oʻtish imkoni bormi?
— Albatta bor deb oʻylayman. Shomurodov — yuqori darajali futbolchi. Menimcha, hozir uning karyerasi uchun juda toʻgʻri keladigan vaqt. U Italiyada oʻzini yaxshi koʻrsatishi kerak, oʻshanda hammasi amalga oshadi.
—YouTubedagi kanallar yoki boshqa futbol ekspertlari bilan raqobat qilishdan qoʻrqmaysanmi?
— Nimaga ulardan qoʻrqishim kerak? Men oʻzimning videolarimni tayyorlayman, ular oʻzlarinikini. Menga oʻzim qilayotgan ishim yoqadi. Menimcha, muxlislarimga ham.
— Sen izohlarga javob berishga ulgurayapsanmi?
— Soʻnggi vaqtlarda ularning soni juda oshgani uchun barchaga javob yerishga ulgurmayapman, lekin harakat qilayapman.
— Kanalingga reklama takliflari ham kelib tushayaptimi? Pul ishlashga qanday munosabatdasan?
— Monetizatsiya imkoni hali ulanmagan. Reklama takliflari ham kelgani yoʻq. Kelsa oʻylab koʻramiz.
— Senga videolarni suratga olishda va montaj qilishda kim yordam berayapti?
— Suratga olishda dadam, montajda – tanishimiz, hujjatli film rejisseri Anna Barsukova yoradm berayapti. Bizlarning gʻoyalarimizni sifatli kontentga aylantirayotgani uchun u kishiga ulkan rahmat.
— Ota-onang sening muvaffaqiyatlaringga qanday munosabat bildirishmoqda?
— Ota-onam juda xursand. Ular ham doim meni qoʻllab-quvvatlab kelishgan. Ularning yordamisiz men maqsadlarimga erisha olmagan boʻlardim!
