01:15 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sport
Havola olish
136 0 0

Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqalarida ishlovchi referilar orasida oʻzbekistonlik hakamlar ham oʻrin olgan.

TOSHKENT, 10 fev - Sputnik. Xalqaro dzyudo federatsiya (IJF) yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqalarida ishlovchi referilar orasida oʻzbekistonlik hakamlar ham oʻrin olgan.

IJF taqdim etgan roʻyxatga koʻra, Xalqaro toifadagi referi, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi", "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni, "Shuhrat" medali sohibi Ramziddin Saidov Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida, Xalqaro toifadagi referi, Pusan-2002 Osiyo oʻyinlari sovrindori Vyacheslav Pereteyko esa Paralimpiya oʻyinlarida ishlashi koʻrsatilgan.

Sal avval Xalqaro olimpiya qoʻmitasi va Olimpiada tashkiliy qoʻmitasi koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir vaqtda kutilayotgan Olimpiada oʻyinlarida oʻzni tutish qoidalari jamlanmasini eʼlon qilgani haqida xabar bergan edik.

Yangi qoidalarga koʻra, sportchilar va musobaqalar qatnashchilarini faqatgina chapak chalish orqali qoʻllab-quvvatlashga ruxsat berildi. Bu chora koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan.

Atletlarning oʻziga faqatgina birinchi 14 kun davomida musobaqalar, barlar va turistik manzillarni tomoshabin sifatida borishga ruxsat beriladi. Ularga shuningdek, yaqindan aloqada boʻlgan kishilar roʻyxatini taqdim etish majburiyati yuklanadi.

Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgust sanasigacha boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga uzaytirildi. Hozirda olimpiya oʻyinlari 2021 yilning 23 iyulidan - 8 avgustigacha, Paralimpiya oʻyinlari esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha boʻlib oʻtishi taxmin qilinmoqda.

Asosiy mavzular