Oʻzbekistonlik bokschi Bektemir Meliqoʻziyev professional boksdagi 7-jangida amerikalik raqibini yer tishlatdi.
TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Oʻzbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqoʻziyev oʻzining navbatdagi jangida gʻalaba qozondi.
U AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan boks oqshomida amerikalik Morgan Fitchga qarshi ringga koʻtarildi. 8 raundga moʻljallangan jang 3-raundda Bektemirning texnik nokautli gʻalabasi bilan yakuniga yetdi.
Shu tariqa Bektemir Meliqoʻziyev professional boksdagi 7-jangida 7-gʻalabasiga (6tasi nokaut) erishdi.
YEOIIning integratsiyani rivojlantirish departamenti direktori Goar Barsegyan 2025 yilgacha Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirish boʻyicha strategik yoʻnalishlarni amalga oshirish rejalari toʻgʻrisida gapirdi.