05:48 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sport
Havola olish
128 0 0

Oʻzbekiston paraatletika jamoasi Dubay Gran-prisida umumiy hisobda ikkinchi oʻrinni egalladi. Jamoa 13 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 24 ta medalni qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekiston paraatletika jamoasi Dubaydagi “Fazza Athletics Championships” Gran-prisida ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekistonlik atletikachilar 13 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 24 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Tailand 39 medal bilan birinchi, Hindiston esa 23 ta medal bilan uchinchi pogʻonalarni egallagan.

“Bu bilan vakillarimiz Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari uchun oʻta muhim reyting ochkolarini ham jamgʻarib olishdi”, - deyilgan xabarda.

10 fevraldan 13 fevralgacha boʻlib oʻtgan musobaqalarda 52 mamlakatdan 470 nafar sportchilar qatnashgan.

Asosiy mavzular