10:10 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sport
Havola olish
146 0 0

Taʼkidlanishicha, “Ufa” futbol klubi oʻzbekistonlik futbolchini “Spartak”dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Moskvaning “Spartak” futbol klubi yarim himoyachisi Oston Oʻrunov “Ufa”ga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, “Ufa” oʻzbekistonlik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.

Oʻrunov 2019/20 yilgi mavsumda “Ufa”da toʻp surgan va Rossiya chempionatida 10 ta oʻyin oʻtkazgan edi.

2020 yilning yozida Oʻrunov “Spartak” klubiga oʻtdi. Sportchi 2020/21 yilgi mavsumda moskvaliklar safida 9 oʻyinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.

Asosiy mavzular