Kompaniya Yangi yil bayrami munosabati bilan oʻquvchilar, talabalar, nafaqaxoʻrlar va boshqa toifadagi fuqarolar uchun chegirmalar joriy qilmoqda.
2021 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar Oʻzbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.
2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalarga poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma beriladi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi yangi yil chegirmalarni nafaqat Oʻzbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etmoqda.