A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 258-, 259- va 265-km hududlarida muzlamalar YTHga sabab boʻlgan.
“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi jarlikka qulashi oqibatida 28 yoshli haydovchi va 23 yoshli yoʻlovchi halok boʻldi.
Taʼkidlanishicha, dovonidan oʻtishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yoʻlovchilarni mavjud umumovqatlanish shoxobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan.
3 fevralda soat 9:40 da Qamchiq dovonida A-373 "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻlining 233-kmida 1000 kub metr hajmdagi qor koʻchkisi yuz berdi