Fuqaro xorijlik tadbirkorni aldab, 40 bosh qora mollarni Qozogʻistondan oʻzining uyiga olib kelgan. Keyin ularni bozorda sotib, pullarni oʻzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Jabrlanuvchilar koʻpligi va turli hududlardan boʻlgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishini yashash joylaridagi sudlar binolarida oʻrnatilgan video aloqa tizimi orqali taʼminlash rejalashtirilgan.
20 yoshli folbin qizga bir yigitni “isitib” berishni vaʼda qilgan va undan 450 ming soʻm va umumiy qiymati 32,8 mln soʻmlik tilla taqinchoqlarini olgan. Tuzoqqa ilingan qiz ham yigitsiz, ham pulsiz qolgan.
IIBB soʻnggi paytlarda yangicha turdagi firibgarlik avj olayotgani haqida ogohlantirdi. Notanish kimsalar goʻyoki onasining janozasiga ketayotgan vaqtda Qamchiq dovonida qolib ketganini aytib, fuqarolarni chuv tushirishmoqda.
Oliy taʼlim dargohini tugallaganlik haqidagi 2ta diplomni 4 ming dollarga pullayotgan firibgar "savdo" jarayonida Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingan