18:29 21 Aprel 2018
Efir
Chimyon arxiv surat

Chimyon va Chorvoqni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlanmoqda

© Flickr / stefan_fotos_126
Turizm
Havola olish
22512

Joriy yilning fevralida Toshkent viloyati hokimligiga tegishli vazirlik va muassasalar bilan birgalikda mazkur hududning kelgusi rivojlanishini koʻzda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish topshirilgandi

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkent viloyati hokimligi mamlakatdagi eng ommabop turistik maskani – Chimyon-Chorvoq rekreatsion zonasini yanada rivojlantirish boʻyicha qator takliflarni tayyorlamoqda, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga "Oʻzbekturizm"dagi manba.

Joriy yilning fevralida Toshkent viloyati hokimligiga tegishli vazirlik va muassasalar bilan birgalikda mazkur hududning kelgusi rivojlanishini koʻzda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish topshirilgandi.

"Bugungi kunda Chimyon-Chorvoq rekreatsion zonasini rivojlantirish uchun qator infrastrukturaviy muammolarni hal qilish zarur, aks holda xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshirish murakkab boʻladi. Shuning uchun hozirda hokimiyati tomonidan ushbu yoʻnalishdagi dolzarb loyihalar roʻyxati shakllantirilmoqda, moliyaviy masala hal etilmoqda va shundan keyingina hududning turistik sohasini rivojlantirish boʻyicha aniq harakatlarga oʻtish mumkin", — dedi suhbatdosh.

Eslatib oʻtamiz, 2013 yilda Oʻzbekiston hukumati Toshkent viloyatida 2015 yilga qadar qiymati 77 million dollardan ortiqroqni tashkil etuvchi turizm sohasini rivojlantirish dasturini tasdiqlagandi. Mazkur dasturga kiritilgan aksariyat loyihalar toʻliq yakuniga yetmagan.

Chimyon-Chorvoq rekreatsion zonasi oʻzbekistonliklar va xorijlik mehmonlarning eng ommabop maskani hisoblanadi. Keyingi yillarda bu yerda qator zamonaviy mehmonxonalar qurildi va ishga tushirildi, sanatoriylar taʼmirlandi va tarixiy yodgorliklar restavratsiya qilindi. Biroq transport borasidagi muammolar hududning butun turistik salohiyatini namoyish etishga xalal bermoqda.

Asosiy mavzular