21:27 24 Aprel 2018
Efir
London

Oʻzbekiston London turizm koʻrgazmasida ishtirok etadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova
Turizm
Havola olish
72 0 0

Oʻzbekiston bugun Londonda boshlangan World Travel Market – 2016 xalqaro turzim koʻrgazmasida qatnashadi

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Tadbir 9 noyabrga qadar davom etadi. Koʻrgazmada Oʻzbekistonni "Oʻzbekturizm", "Oʻzbekiston havo yoʻllari" kompaniyalari va mamlakatning turistik biznes hamjamiyatlari tanishtirishadi, deb xabar beradi Review.uz.

WTM — bu turizm va mehmondoʻstlik sohasida jahondagi eng yirik koʻrgazma boʻlib, unda dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan 5 mingga yaqin kompaniya ishtirok etadi.

Oʻzbekiston mazkur koʻrgazmada 2009 yildan buyon qatnashib keladi. Tadbir davomida 10000ga yaqin professional xaridorlar Oʻzbekistonning eng yaxshi turistik brendlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladilar. Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Jahon turizm tashkiloti sammitida ishtirok etadi hamda yirik xorijiy turistik kompaniyalar rahbarlari va xorij OAV vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Koʻrgazma yakunlanganidan soʻng Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniya turistik biznesi va OAV vakillari uchun taqdimot marosimi boʻlib oʻtadi, shuningdek, ikki davlat turistik operatorlari oʻzaro uchrashuv oʻtkazadilar.

Asosiy mavzular