11:20 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Turizm
Havola olish
261 0 0

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusda konsullik boʻlimlarini ochadi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Xorijga chiquvchi Oʻzbekiston fuqarolari hamda mamlakatga keluvchi chet elliklarga zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish, shuningdek, Oʻzbekistonning iqtisodiy, investitsion va sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni "Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boʻlimlarini ochish va Termiz shahridagi konsullik boʻlimi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati xabar qilgan.

Mazkur qaror respublika hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy, investitsion va gumanitar ustuvor loyihalarni amalga oshirishga ham xizmat qilishi lozim.

Qarorda konsullik boʻlimlarining asosiy vazifalari cifatida quyidagilar koʻrsatilgan: konsullik-huquqiy yordam masalasi boʻyicha koʻrsatilayotgan zamonaviy xizmatlar turlarini kengaytirish, joylarda chet el fuqarolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishda, jumladan, Oʻzbekiston hududlariga ish va sayyohlik maqsadlarida tashrif buyuruvchi xorijiy davlatlar fuqarolariga vizalar berishda tezkorlikni oshirish;

manfaatdor vazirlik va mahkamalar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarga chiquvchi Oʻzbekiston fuqarolarini odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha kompleks choralar doirasida tushuntirish ishlarini olib borish;

xorijiy mamlakatlarda pasportini yoʻqotgan mamlakat fuqarolarining Oʻzbekistonga tezkor qaytishi masalasini hal etishda hisoblarni yuritish va koʻmaklashish;

Oʻzbekiston sayyohlik salohiyatini rivojlantirish boʻyicha chet ellik sayyohlarni mamlakat hududlariga jalb qilish uchun yoʻnaltirilgan choralarni amalga oshirishda sayyohlik kompaniyalariga koʻmaklashish.

Xorijiy davlatlar fuqarolariga tezkor konsullik-huquqiy yordamini koʻrsatish maqsadida konsullik boʻlimlari Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Termiz xalqaro aeroportlari binosiga joylashtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning dekabr oyi boshida Oʻzbekiston Respublikasining yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tugatilib, uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etilgan edi.

Teglar:
yangi qaror, Buxoro, turistlar, konsullik, Oʻzbekiston, viza, Shavkat Mirziyoyev, Samarqand

Asosiy mavzular