Malayziyalik musulmonlar O‘zbekistonga "kichik haj"ga kelishadi

Obuna bo‘lish
Malayziya turizm va madaniyat vaziri tomonidan malayziyalik musulmon sayyohlar talab va takliflaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston ziyoratgohlariga "kichik haj" uyushtirish masalasi ko‘tarildi

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. "FITUR-2017" xalqaro turistik yarmarkasi doirasida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Anvar Sharapov Malayziya turizm va madaniyat vaziri Muhammad Nasri bin Abdul Aziz bilan uchrashdi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonga malayziyalik sayyohlarni jalb qilish va O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

FITUR-2017 ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Madriddagi xalqaro turizm ko‘rgazmasida qatnashmoqda

Xususan, Malayziya turizm va madaniyat vaziri tomonidan malayziyalik musulmon sayyohlar talab va takliflaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston ziyoratgohlariga "kichik haj" uyushtirish masalasi ko‘tarildi. Malayziya turizm vazirining ma’lumotiga ko‘ra, har yili ushbu mamlakatdan 250 ming nafar fuqaro haj va umra ziyoratini amalga oshiradi.

O‘zbekistonning bu sohada ulkan salohiyatga, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlarda joylashgan muqaddas qadamjolar, aziz avliyolar va olimu ulamolar maqbaralari, qadimiy masjid va madrasalar, islom dunyosi uchun aziz bo‘lgan qo‘lozma asarlar kabi ko‘plab boy merosga ega ekani Malayziyadan keladigan turistlar sonining oshishiga omil bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib, Anvar Sharapov ushbu taklifni iliq qarshi oldi va Muhammad Nasri bin Abdul Azizni shu yilning 13-14 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Dam olish dunyosi" xalqaro turizm ko‘rgazmasiga taklif etdi.

Ushbu tadbir doirasida ikki taraf ushbu yangi yo‘nalish bo‘lgan "ziyorat turizmi"ni yo‘lga qo‘yish, ota-bobolardan qolgan boy merosdan chet ellik sayyohlarni ham bahramand qilish, ularning ehtiyoj va talablaridan kelib chiqib ziyorat uchun zarur sharoit yaratib berish kabi masalalar bo‘yicha atroflicha muzokara o‘tkazishga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0