Bugun Toshkentda "Dam olish dunyosi-2017" turistik ko‘rgazmasi boshlanadi

© Sputnik / StringerStend Uzbekistana na vistavke Mitt - 2017
Stend Uzbekistana na vistavke Mitt - 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar majmuasida "Dam olish dunyosi-2017" xalqaro turistik ko‘rgazmasi beshinchi bor ish boshlaydi

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Ko‘rgazmada butun O‘zbekistondagi viloyatlar va Ozarbayjon, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Misr, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Qirg‘iziston, Quvayt, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Singapur, AQSh, Tailand, Turkmaniston, Ukraina, Finlyandiya, Fransiya, Estoniya, Yaponiyaning 60dan ortiq kompaniyalari o‘z turistik dasturlari bilan ishtirok etadi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Vistavka FoodWeek/AgriTek Uzbekistan 2016 - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda taomlar festivali bo‘lib o‘tadi

Yubiley ko‘rgazmada ilk bor barcha viloyatlar tanishtiriluvchi Milliy pavilon tashkil etiladi: undan O‘zbekistonning eng diqqatga sazovor joylari, sayohat narxlari, yangilik va chegirmalar, fotosurat va bukletlar o‘rin oladi. Ushbu maydondagi sahnada folklor chiqishlar va milliy liboslar namoyishi ham o‘tkaziladi.

14 aprel kuni "Dam olish dunyosi-2017" xalqaro turistik ko‘rgazmasi doirasida Qozog‘iston turizm vazirligi bilan hamkorlik memorandumi, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamda Ozarbayjon xususiy turistik kompaniyalar assotsiatsiyalari o‘rtasida ikki tomonlama kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0