Urganch aeroportiga Fransiya va Italiyadan charter reyslari boshlandi

Obuna bo‘lish
Charter reyslarda keluvchi chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida "Urganch" xalqaro aeroportida sayyohlar uchun axborot ofislari va pul ayirboshlash punktlari tashkil qilingan

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Kuni kecha Urganch xalqaro aeroportiga yana Parij-Urganch va Milan-Urganch yo‘nalishi bo‘ylab charter reyslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining turistik saytlari ishga tushdi

Xabarda aytilishicha, Xorazm viloyatiga har hafta mazkur reyslar orqali Fransiya va Italiyadan 400ga yaqin sayyohlar tashrif buyurmoqda.

Charter reyslarda keluvchi chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida "Urganch" xalqaro aeroportida sayyohlar uchun axborot ofisi va pul ayirboshlash punktlari tashkil qilingan. Axborot ofisida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

"Bu havo qatnovlari orqali viloyatga G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi chet elliklardan bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli xususiy sayyohlik kompaniyalari yana qo‘shimcha charter reyslar tashkil qilishni ham rejalashtirishmoqda", deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0