Xorijlik turistlar uchun Uzbekistan Pass kartalari chiqariladi

Obuna bo‘lish
Plastik karta butun mamlakat bo‘ylab amal qiladi va xorijlik mehmonlarga tovar va xizmatlar uchun chegirmalar bilan pul to‘lash imkonini beradi

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonda xorijlik turistlar uchun Uzbekistan Pass kartasi joriy etiladi. Bu O‘zbekiston prezidentining "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi

Qarorda e’tirof etilishicha, O‘zbekistonda turistlarni rahbatlantirish bo‘yicha jahon tajribasiga asoslangan dasturning qo‘llanilishi mamlakatning turistlarni jalb etish imkoniyatini yaxshilaydi, xorijiy valyuta tushumini oshiradi.

Plastik karta butun mamlakat bo‘ylab amal qiladi va xorijlik mehmonlarga tovar va xizmatlar uchun chegirmalar bilan pul to‘lash imkonini beradi. Bundan tashqari, karta orqali madaniyat obyektlariga tashrif buyurish chog‘ida chegirmaga ega bo‘lish mumkin.

Uzbekistan Pass kartasini aeroportlar va mehmonxonalarda sotib olish mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0