O‘zbekistonning turizm bo‘yicha mutaxassislari xorijda tayyorlanadi

© Foto : Olga TalskayaTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat turizm qo‘mitasi raisi JTT bosh kotibi bilan O‘zbekistonni xalqaro turizm bozorida yanada tanitish bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qildi

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Jahon turizm tashkiloti (JTT) mehmonxona biznesi, turizm yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda JTT bosh kotibi Taleb Rifai va O‘zbekiston Davlat turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Samarqanddagi uchrashuvida kelishib olindi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Turisti vo vremya ekskursii - Sputnik O‘zbekiston
Xorijlik turistlar uchun Uzbekistan Pass kartalari chiqariladi

Davlat turizm qo‘mitasi raisi JTT bosh kotibi bilan O‘zbekistonni xalqaro turizm bozorida yanada tanitish bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qildi, mamlakatning turistik brendini ishlab chiqish va Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya turistik bozorlariga chiqish borasidagi marketing rejalarini muhokama qildi.

Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai Samarqandda "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Yangiliklar lentasi
0