12:34 20 Fevral 2018
Efir
Mavzoley Islama Karimova v Samarkande

Oʻzbekiston va Rossiya turizm sohasida hamkorlik qilish yoʻl haritasi tayyorlanadi

© Stranitsa Lolы Karimovoy-Tillyayevoy v Facebook
Turizm
Havola olish
27710

Bu haqda tegishli hujjat 3-6 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan "Buyuk ipak yoʻlidagi sayyohlik" xalqaro turizm koʻrgazmasida imzolash koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Rossiya turizm Federal agentligi tomonidan 2017-2018 yillarda hamkorlik qilish yoʻl haritasi tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti qoʻmita matbuot-xizmatiga tayangan holda xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bugun Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduxakimov va Rossiya turizm federal agentligi rahbari Oleg Safonov Xitoyning Chendu shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasida hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qildilar.

"Muzokalar natijalariga koʻra, qoʻshma ishchi guruh tuziladi. Guruh 2017-2018 yillar uchun hamkorlik "yoʻl haritasi"ni tayyorlaydi", — deb taʼkidladi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakili.

Shuningdek, bu haqda joriy yil 3-6 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan "Buyuk ipak yoʻlida sayyohlik" xalqaro sayyohlik koʻrgazmasida tegishli hujjatni  imzolash rejalashtirilgan.

Yoʻl haritasiga rossiyalik sayohatchilar uchun maxsus sayyohlik toʻplamlar, shuningdek, Oʻzbekiston milliy sayyohlik sohasidagi imkoniyatlarni targʻib qilish va ularni jalb qilish ishlarini jadallashtirish vazifalari kiritiladi.

Tomonlar Moskvada tez vaqtda yirik sayyohlik operatorlarni uchrashuvni tashkil etish va Rossiyadan Oʻzbekistonga sayyohlarni yuborish boʻyicha shartnomalarni imzolashga kelishib oldilar.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-5 aprel kunlari Moskvaga amalga oshirilgan davlat tashrifi chogʻida turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida bitim imzolangan edi.

Oʻzbekiston rasmiy statistik hisob-kitoblariga koʻra, 2015 yilda Oʻzbekistonga 575,2 ming sayyohlar kelgan. Sayyohlar eng koʻpi Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurganlar.

Asosiy mavzular