21:27 24 Aprel 2018
Efir
22-ya Tashkentskaya mejdunarodnaya yarmarka Turizm na shelkovom puti

"Ipak yoʻlida turizm" - Toshkentda xalqaro turizm yarmarkasi ochildi

© TourFair
Turizm
Havola olish
196 0 0

Toshkentda oʻtkazilayotgan navbatdagi xalqaro sayyohlik yarmarkasida Qozogʻiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Tailand, Misr, Singapur, Malayziya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya singari 32 mamlakatdan 50 dan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etmoqda

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. "OʻzEKSPOMARKAZ"da "Ipak yoʻlida turizm" 23-Toshkent xalqaro yarmarkasi ochildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va BMT Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning sayyohlik firma va kompaniyalari, mehmonxonalar mutaxassislari, diplomatik korpus va soha vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.Abduhakimov, BMT Jahon sayyohlik tashkilotining loyihalar boʻyicha muvofiqlashtiruvchisi D.Ilin va boshqalar Oʻzbekistonda sayyohlik infratuzilmasi izchil rivojlanayotgani, ushbu sohaning yangi loyihalar va tarmoqlar hisobiga kengayib borayotgani, sayyohlarni jalb qilish uchun barcha sharoit yaratilganini alohida qayd etdi.

Maʼlumotlarga koʻra, jahon iqtisodiyotida sayyohlik sohasidan keladigan daromad neft va kimyo sanoatidan keyin uchinchi oʻrinda turar ekan. Lekin turizm mahsulotlari tabiiy boyliklar kabi vaqt oʻtishi bilan kamaymaydi, aksincha, ommalashib boraveradi. Shu jihatdan turizm bitmas-tuganmas daromad manbai hisoblanadi.

Turizm industriyasini anʼanaviy madaniy-tarixiy sayyohlik bilan birga, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik turizmi, sport va davolanish-sogʻlomlashtirish kabi yangi salohiyatli turlar hisobiga rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Hududlarda yangi turlarni tashkil etish va ularni pasportlashtirish, turizm obʼyektlari boʻyicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish, qoʻriqxonalar, ekomarkazlar, biosfera rezervatlarini oʻz ichiga olgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmogʻini kengaytirish boʻyicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bu boradagi ishlar koʻlamini yanada kengaytirish, jahon jamoatchiligini yurtimizning boy va rang-barang madaniyati, sanʼati, sayyohlik sohasini yuksaltirishga xizmat qiladigan transport-logistika xizmatlari bilan yaqindan tanishtirish, xorijiy kompaniya va tashkilotlarning investorlar uchun yaratilgan qulayliklar va imtiyozlar haqidagi xabardorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Navbatdagi Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi oʻzining koʻlami va ishtirokchilari soni, milliy stendlarda namoyish etilayotgan koʻrgazmalar miqyosi va mazmun jihatdan boyligi bilan ajralib turibdi. Qozogʻiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Tailand, Misr, Singapur, Malayziya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya singari 32 mamlakatdan 50 dan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida yirik tarmoqli mehmonxona majmualari hamda xususiy otellar, sanatoriyalar, kurortlar, logistika va avtotransport kompaniyalari, temir yoʻllar va aviatashuvchilar, turoperatorlar, turagentlar, turbiznes va boshqa sayyohlik xizmatlarining dasturiy taʼminotchilari, muzeylar hamda dam olish sanoati korxonalarining xizmatlari namoyish etilmoqda.

Yarmarkada madaniy-tarixiy, biznes, sport va ekologik sayohatlar, xizmat koʻrsatish va servis sohasi, sogʻlomlashtirish, gastronomik turizm kabi yoʻnalishlarga oid boʻlimlarda sayyohlik sanoatining barcha zamonaviy yoʻnalishlari qamrab olingan.

Koʻrgazma milliy pavilonidan mamlakatimiz barcha hududlarining sayyohlik salohiyatini namoyish etuvchi taqdimot stendlari oʻrin olgan. Ularda har bir viloyatning oʻziga xos milliy madaniyati, turizm imkoniyatlari namoyish etilmoqda.

Sharq taomlari oʻzining rang-barangligi, tayyorlash usuli va mazasi bilan mashhur. Yarmarka doirasida anʼanaviy taom tayyorlash usullari namoyishi — "Ipak yoʻli taʼmi" nomli milliy taomlar festivali oʻtkazilmoqda. Bu tadbir mamlakatimiz boʻylab gastronomik sayyohlikni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

"Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik barcha sohalarda faol rivojlanmoqda, — deydi Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze. — Qadimiy va boqiy Buxoro, Sharq gavhari — Samarqand, azim Toshkent va osmon ostidagi muzey — Xiva shaharlarini tomosha qilish uchun har yili minglab xitoylik sayyohlar bu yerga kelishmoqda. Mazkur yarmarka sayyohlik sohasidagi oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim oʻrin tutadi".

"Sharq bozori" ekspozitsiyasi tomoshabinlar bilan gavjum. Unda xalqimizning savdo-sotiq madaniyati, milliy maʼnaviyat, ijodkorlik salohiyati, mehmondoʻstlik kabi ezgu qadriyatlari bor boʻy-basti bilan namoyon.

"Hosted Buyers" (Professional xaridorlar) dasturi uchrashuvlarida xorijiy kompaniyalar rahbar va menejerlari mamlakatimizdagi sayyohlik yoʻnalishlari bilan tanishish, Samarqand va Xiva shaharlariga sayohatlar uyushtirish, hamkorlik oʻrnatish va manfaatli shartnomalar tuzish imkoniga ega boʻlishmoqda.

Xalqaro turizm yarmarkasi 5 oktyabrgacha davom etadi.

Asosiy mavzular