Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi Novosibirskka tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishGorod Novosibirsk
Gorod Novosibirsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif yakunlariga ko‘ra turizm sohasida rossiyalik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi 5-7 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Novosibirskda bo‘ladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonga keluvchi turistlar uchun beriladigan vizalar miqdori 24%ga oshdi

Tashrif doirasida Novosibirskdagi yirik sanoat korxonalari, muassasalar, kasaba uyushmalari tashkilotlari, turoperatorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu orqali turizm sohasida rossiyalik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2017-2018 yillarda hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolandi. "Yo‘l xaritasi"dan rossiyalik turistlar uchun maxsus turistik paketlar ishlab chiqish hamda Rossiya turizm bozorida O‘zbekiston milliy turistik mahsulotlarini keng targ‘ib etish o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0