Indoneziya bosh imomi O‘zbekistonning turizm bo‘yicha vakili bo‘lishga tayyorligini bildirdi

© Upravlenie musulman UzbekistanaGlavniy imam Indonezii Nasariddin Umar i muftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov
Glavniy imam Indonezii Nasariddin Umar i muftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Indoneziya davlatidan bir oyda 300 ming ziyoratchi Turkiya orqali umra safariga borishi, agar ular respublikadagi tabarruk joylar to‘g‘risida xabar topishsa, albatta, hech ikkilanmay O‘zbekistonni tanlashlarini ta’kidladi

TOShKENT, 8 dek – Sputnik. 7-dekabr kuni Indoneziyaning Jakarta shahridagi "Istiqlol" jome masjidi imom-xatibi Nasaruddin Umar boshchiligidagi delegatsiya diniy idoraga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turisti vo vremya ekskursii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ziyorat turizmi bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etiladi

Mehmonlarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov qabul qildi.

O.Yusupov O‘zbekistonda din sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, prezident tashabbusi bilan O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilayotgani, ixtisoslashgan ilmiy maktablar o‘z faoliyatini boshlagani haqida so‘zlab berdi. U indoneziyaliklarni ruhiy ozuqa oladigan va inson qalbi orom topib, ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladigan tabarruk qadamjolarni ziyorat qilishga taklif etdi.

Muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotganini bildirdi. Muftiy Indoneziya davlatining sobiq prezidenti Suxarto 1989-1996 yillar oralig‘ida bir necha bor O‘zbekistonga tashrif buyurgani, xususan, Samarqand viloyatiga safarini Imom Buxoriy hoki qo‘nim topgan maskanga yuksak ehtirom ko‘rsatish bilan boshlaganini alohida esga oldi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov sayyohlik sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani, Indoneziya bilan turizm yo‘nalishida juda katta ishlar rejalashtirilgani haqida so‘zladi. Bu borada barcha chora-tadbirlarni uyushtirish, charter reyslarni tashkil etish va viza tartiblarini soddalashtirish borasida O‘zbekiston tomoni tayyor ekanini ma’lum qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ham sayohat ham ziyorat uchun qulay mamlakat - Shavkat Mirziyoyev

Uchrashuvda Nasaruddin Umar o‘z fikr-mulohazalarini quyidagicha bayon qildi:

– Men Jakarta shahridagi "Istiqlol" jome masjidi imom-xatibi hisoblanaman. Ushbu masjid imom-xatibi mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi va u Indoneziyadagi barcha masjidlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Biz O‘zbekistondagi ziyoratgohlarni ko‘rib hayratlandik va yuqoridagi gaplardan ilhomlanib, albatta, men Indoneziyadagi O‘zbekistonning turizm sohasi bo‘yicha vakili bo‘lishga tayyorman.

U Indoneziya davlatidan bir oyda 300 ming ziyoratchi Turkiya orqali umra safariga borishi, agar ular respublikadagi tabarruk joylar to‘g‘risida xabar topishsa, albatta, hech ikkilanmay O‘zbekistonni tanlashlarini ta’kidladi.

"Bizda umra safarlari ayni paytda Turkiya orqali amalga oshiriladi. Ziyoratchilar ushbu mamlakatda uch kun bo‘lishadi. Agar yurtingizni Turkiya bilan qiyoslash mumkin bo‘lsa, mamlakatingizda ziyorat turizmi uchun juda ham katta imkoniyat bor. Ayniqsa, tarixiy obidalar, osori atiqalar va tarixiy voqealarning adog‘i yo‘q", – dedi Nasaruddin Umar.

Muloqot davomida ziyorat turizmini rivojlantirish uchun Jakarta–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys ochish, sayyohlik vizasi berishni joriy etish, O‘zbekistonning turizm salohiyatini bildiradigan ixcham va lo‘nda shior tanlash, tajribali mutaxassislar ish uslubidan foydalanish juda katta natija berishi alohida qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0