21:19 24 Aprel 2018
Efir
Inostrannыe turistы v Uzbekistane

Oʻzbekiston Yaponiya, Koreya Respublikasi va Singapur uchun vizasiz rejim joriy etadi

© Flickr / Allan Grey
Turizm
Havola olish
49920

Yakka va guruh boʻlib keluvchi sayyohlar uchun viza olish talablari osonlashtirildi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda chet ellik sayyohlar uchun viza rejimini liberallashtirish uchun boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Polsha va Turkiya fuqarolari uchun viza olish tartibi soddalashtirildi, deb xabar qildi "Xalq soʻzi" nashri.

Taʼkidlanishicha, bunday imtiyozlarni yana boshqa 25 mamlakat fuqarolariga taqdim qilish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Singapur fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish va elektron vizalar tizimini yoʻlga qoʻyish masalalari ishlab chiqilmoqda.

Yakka va guruh boʻlib keluvchi sayyohlar uchun viza olish talablari osonlashtirildi.

Oʻzbekistonga ziyorat turizmi dasturini amalga oshirish boʻyicha ishlar boshlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 10 oyi mobaynida 110 ming nafar chet el fuqarosiga sayyohlik vizalari berildi, bu koʻrsatkich 2016 yilgi natijadan 34 foiz, yoki 81 mingdan ziyod kishiga koʻp.

Asosiy mavzular