21:18 24 Aprel 2018
Efir
V Buxare sozdana turisticheskaya politsiya

Buxoroda "sayyohlik politsiyasi" ish boshladi

© Uznews
Turizm
Havola olish
1176 0 0

Buxoro viloyat hududida xavfsiz turizmni taʼminlash maqsadida IIB tarkibiga kiruvchi 43 ta shtatdan iborat turizm yoʻnalishida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tashkil etildi

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Buxoroda "Xavfsiz turizm" kontseptsiyasi asosida ichki ishlar idoralarining yangi tizimdagi faoliyati yoʻlga qoʻyildi, deb yozadi Oʻzbekiston musulmonlar idorasi rasmiy veb portali.

Vazirlar Mahkamasining "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori hamda Ichki ishlar vazirligining buyrugʻi talablarini bajarish yuzasidan Buxoro viloyat hududida xavfsiz turizmni taʼminlash maqsadida IIB tarkibiga kiruvchi 43 ta shtatdan iborat turizm yoʻnalishida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tashkil etildi.

Boshqarmaga xorijiy tillarni biladigan, yuqori malakali mutaxassislar, bundan tashqari, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarga, xizmat vazifalarini bajarish boʻyicha zaruriy tajribaga ega boʻlgan xodimlar tanlab olindi.

Hozirda "Qalqon" yagona videokuzatuv markazi Buxoro shahri hududini oʻrnatilgan 60 ta kameralar orqali kuzatib kelayotgan boʻlsa, kelgusida shaharga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash hamda "Xavfsiz turizm" dasturiy kompleks tizimini joriy qilish maqsadida ana shunday kameralar sonini yana 425 taga koʻpaytirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Joylarda 275 ta videokuzatuv moslamalari, 68 ta shaxs va avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini yaqqol koʻrsatuvchi videokameralar, 4 ta issiqlikni aniqlovchi (teplovizor), 55 ta aloqa tashvish tugmalari, shuningdek, 27 ta chorrahalarda 85 ta yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlarini va avtomobil yoʻllarining 6 ta joylarida tezlikni aniqlaydigan videokameralar oʻrnatilishi belgilandi. Bu esa, oʻz oʻrnida sayyohlar gavjum boʻladigan joylarda nazoratni kuchaytirish imkonini beradi va ularning havfsizligini taʼminlaydi.

Maʼlumotlarga koʻra, Buxoro shahrida 2018 yilning oxiriga qadar 10 ta zamonaviy mehmonxona barpo etish, ulardagi oʻrinlar sonini 1210 taga yetkazish choralari koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular