21:20 24 Aprel 2018
Efir
Stai flamingo na ozere Sudochye v Karakalpakstane

Xorazmliklar uchun Qoraqalpogʻistonga sayohat dasturi eʼlon qilindi

© Sputnik / Sovet ministrov Karakalpakstana
Turizm
Havola olish
29520

Xorazmliklarga sayohat davomida dunyoga mashhur I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyi, Xoʻjayli tumanidagi Mazdaxkan majmuasi, "Tuproq qalʼa" va "Ellik qalʼa" arxeologik yodgorliklar boʻylab ekskursiya taklif etiladi

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" dasturi doirasida xorazmliklarni Qoraqalpogʻistonga sayohatga chorlamoqda.

Ichki turizm dasturining yangi yoʻnalishi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Nukus shahar, Beruniy, Ellikqalʼa, Xoʻjayli tuman hokimliklari hamkorlikda ishga tushirilayotgani qayd etilgan.

Xorazm viloyati tuman hokimliklari, korxona va tashkilotlari ishchi xodimlari dekabr oyidan boshlab Qoraqalpogʻiston boʻylab sayohat qilishlari mumkin boʻladi.

Qayd etilishicha, shu maqsadda, ichki sayyohlar qulayliklari uchun maxsus avtobus va mikroavtobuslar xizmat koʻrsata boshlagan. 26-dekabr kuni Xorazmdan toʻrtinchi sayyohlar guruhi Qoraqalpogʻistonga yoʻl olgan. Ushbu yangi yoʻnalishdagi sayohatlar mart oyiga qadar davom etib, bir kunlik va ikki kunlik turlar tanlovi mavjud boʻladi.

Xorazmlik mehmonlarga Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi turoperatorlar tomonidan arzonlashtirilgan narxlarda mehmonxona, avtotransport, ovqatlanish, hamroh gidlar xizmatlarini koʻrsatish taʼminlanmoqda.

Sayyohlarni ovqatlanishlari uchun Meridian, Neo, Palvan Shakh, Karat, Sardoba, Elita, 1001 noch, Merlion, Las Vegas, Armada, Millan, Bodrum, Safari, Otabek Kumush restoranlari, Gold Millennium banket zali tunu kun xizmatda boʻlishi qayd etilgan.

Ikki kunlik ekskursiya ishtirokchilari Qoraqalpogʻistonning quyidagi eng yaxshi mehmonxonalarida tunab qolishlari mumkin.

"Bir kunlik va ikki kunlik qiziqarli sayohat dasturi sayyohlarimizni miriqib sayr qilishlarini taʼminlashiga ishonamiz. Chunki, sayohat davomida dunyoga mashhur I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyi, Xoʻjayli tumanidagi Mazdaxkan majmuasi, "Tuproq qalʼa" va "Ellik qalʼa" arxeologik yodgorliklar boʻylab ekskursiya taklif etiladi.

Tashkilotchilar tomonidan maʼrifiy ekskursiyalar bilan bir qatorda madaniy xordiqni taʼminlaydigan tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

Yaʼni, xorazmlik sayyohlar Berdaq nomidagi akademik-musiqiy davlat teatrida "Edige", "Berdaq", "Alpomish" nomli sahnalashtirilgan teatrlar va Opera va balet, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat qoʻgʻirchoq teatrida "Shagʻala", "Chavandoz" kabi folklor-etnografik ansambli hamda "Amu toʻlqinlari" folklor ansambli chiqishlaridan baxramand boʻlishlari mumkin.

Asosiy mavzular