21:17 24 Aprel 2018
Efir
Polzovatel za rabotoy

Oʻzbekistonda 2018 yilda elektron viza tizimi ishga tushadi

© Jeshu John
Turizm
Havola olish
56001

Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar elektron vizani internet orqali rasmiylashtirib, aeroportda olishlari mumkin boʻladi

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Ushbu yilning avgust oyiga qadar Oʻzbekistonda elektron vizalar berish jarayoni ishga tushadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi tartib sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy etilgan. Bundan buyon Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar elektron viza uchun anketadi Internet orqali rasmiylashtirib, unga ijobiy yoki salbiy javob olishlari mumkin boʻladi.

Ushbu ishni amalga oshirish uchun kerak boʻladigan asbob-uskunalar sotib olish, Oʻzbekistonda amal qilayotgan biometrik pasport tizimi asosida maxsus dasturlar ishlab chiqarish hamda sinovdan oʻtkazish ushbu yilning yoz mavsumi oxiriga qadar amalga oshiriladi”, — deyilgan Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi xabarida.  

Elektron vizalar sayyohlarga, ularning arizalari asosida Oʻzbekiston aeroportlarida beriladi. Vizalar uchun toʻlovlar Visa vaMasterCard kabi xalqaro plastik kartalar orqali amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular