21:21 24 Aprel 2018
Efir
Kamera videonablyudeniya

Oʻzbekistonda mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida boʻladi

© Pixabay
Turizm
Havola olish
313 0 0

Yashash joyi xavfsizligini taʼminlash, mehmonxonaga joylashish va sayyohlarga xizmat koʻrsatish sohasida har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi "E-mehmon" elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida boʻladi

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda turistlar xavfsizligiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Endilikda har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi "E-mehmon" elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek, mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida boʻladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ayni vaqtda turizm xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyati takomillashtirilmoqda. Xususan, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBda vaziyat markazlari faoliyat koʻrsatadi. Ushbu markazlar xavfsiz turizm holatini monitoring qilish, sayyohlarni real vaqt rejimida potentsial xavflardan xabardor etish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordamlashish bilan shugʻullanadi. 

Hozirgi kunda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarida xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha boshqarmalar tashkil etildi va mazkur boshqarmalar boshliqlari tayinlandi. Ular, oʻz navbatida, viloyat IIB boshliqlarining oʻrinbosari hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan boshqarmalarga xorijiy tillarni mukammal biladigan xodimlar ishga qabul qilingan. 

Aytib oʻtish kerakki, mamlakatda boʻlib turgan davrda sayyohlar xavfsizligini, transportdan foydalanish va koʻchishlarini taʼminlash boʻyicha turizm sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi va yetib kelgan sayyohlar hisobini yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzdagi transport infratuzilmalari va xizmat koʻrsatish sohasi obʼyektlarida plakatlar, belgilar va koʻrsatkichlar oʻrnatilmoqda

Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Qutbiddin Burhonovning soʻzlariga koʻra, mobil ilova sayyohlarni Oʻzbekistonda boʻlish qoidalari, viza va roʻyxatga olish jarayonlari, diqqatga sazovor manzillar va yoʻnalishlar, shuningdek, yaqin ichki ishlar organi tayanch punktlari va tibbiyot muassasalari toʻgʻrisida xabardor qilib turadi. Mazkur mobil ilovada sayyoh huquqni muhofaza qilish organlariga mushkul vaziyatga tushib qolganlik toʻgʻrisida xabar yuborishi yoki oʻz mamlakatining konsullik idorasiga murojaat yozishi mumkin.

Yashash joyi xavfsizligini taʼminlash, mehmonxonaga joylashish va sayyohlarga xizmat koʻrsatish sohasida har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi "E-mehmon" elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida boʻladi.

Bundan tashqari, "Xavfsiz turizm" yagona apparat-dasturiy majmuasi joriy etiladi. Bu videokuzatuv, maʼlumotlarni tahlil qilish va avtomat ravishda qayta ishlash, huquqbuzarliklar va hodisalar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish va roʻyxatga olish tizimi hisoblanadi.

Turistik diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyurgan sayyohlar va rasmiy xorijiy delegatsiyalar xavfsizligini taʼminlash va kechki koʻngilochar dasturlarni tashkil etish sohasida sayyohlarni individual himoya qilish boʻyicha maxsus texnik vositalarga boʻlgan talablarni ishlab chiqish va oʻrnatish ham belgilangan.

Asosiy mavzular