21:18 24 Aprel 2018
Efir
Goroda mira. Dubay

Arab shayxlari ov qilish uchun har yili Oʻzbekistonga keladi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Turizm
Havola olish
311333

Shayxlar oʻzlarining oila aʼzolari, oshpazlari, ovchilari, xizmatchilari jami yuz-yuz ellik nafar kishi bilan chodir qurib, ov mavsumi oʻtkazib turadi. Arablar asosan ovchi qush - lochin yordamida tuvaloq ovlashni anʼana qilib olgan

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Dubay shayxlari ov mavsumini oʻtkazish uchun har yili Qoraqalpogʻistonga keladi. Ular ruxsatnoma asosida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qushlar bilan hayvonlarni ov qiladi, deb xabar berdi Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi.

Shayxlar oʻzlarining oila aʼzolari, oshpazlari, ovchilari, xizmatchilari jami yuz-yuz ellik nafar kishi bilan chodir qurib, ov mavsumi oʻtkazib turadi. Arablar asosan ovchi qush — lochin yordamida tuvaloq ovlashni anʼana qilib olgan.

Ovchi-shayxlar koʻzlari yashirilgan lochin qushini qoʻliga tutib, tuvaloqni koʻrganda lochinning koʻzlarini ochadi va shu tarzda tuvaloqlar ovlanadi. Baʼzilar arablarning bu qushni ovlashini Qirollar ovi, ularning milliy qadriyati desa, ayrimlar tuvaloq goʻshti va suyagi inson salomatligini tetiklashtiradigan, quvvatini oshiradigan xususiyatga ega deb hisoblaydi.

Tuvaloq qushlari Qoraqalpogʻistonning Ustyurt yassi tekisligida, Janubi-sharqiy Qizilqumda, Zarafshon vohasi, Surxondaryo, Sheroboddaryolarning quyi qismlarida, Mirzachoʻl va Dalvarzin choʻllarida, Nurota togʻ etaklarida uchraydi.

Tuvaloq qushi Vazirlar Mahkamasining "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq noyob va yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi turlar safiga kirgizilgan.

Xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun qushning donasi 6000 AQSH dollari miqdorida belgilangan.

Manbalarda arablar ov paytida tartiblarga jiddiy amal qilishi haqida aytiladi. Ular brakonyerler va boshqa ovchilar kabi ochkoʻzlik qilmay, faqat belgilangan meʼyorda ov qilishni odat etgan. Ular bu qushlarning yoʻq boʻlib borayotganini yaxshi tushunadi. Shu sababli ular mablagʻ ajratib, nafaqat oʻz yurtida, balki boshqa mamlakatlarda ham pitomniklar tashkil qiladi. Oʻzbekistonda bunday pitomniklar Buxoro va Navoiy viloyatlarida mavjud.

Asosiy mavzular