18:11 21 Aprel 2018
Efir
Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodyaщiysya v Agre, Indiya

Andijonda Shoh Jahon bunyod ettirishni orzu qilgan Toj Mahal quriladi

AFP PHOTO/Prakash SINGH
Turizm
Havola olish
2904141

Bu yerda Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi qarorgohini eslatuvchi dam olish joyi ham quriladi

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Andijondagi "Bogʻi Bobur" dam olish maskanida katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari bajariladi. Bu haqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisining Turkiyadan jalb qilingan maslahatchisi Sodiq Badak ishtirokida Andijonda boʻlib oʻtgan yigʻilishda aytildi, deb yozadi "Xalq soʻzi" nashri.

Qayd etilishicha, bogʻda Bobur choyxonasi qad rostlaydi, mavjud muzey esa yanada kengaytiriladi.

Bu yerda Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi qarorgohini eslatuvchi dam olish joyi hamda Shoh Jahon Agrada bunyod ettirishni orzu qilgan qora rangdagi Toj Mahal qurilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda viloyatda 300 dan ziyod sayyohlik obʼyekti mavjud boʻlib, ulardan 20 tasi boʻyicha turistik yoʻnalishlar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular