15:06 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Samolet aviakompanii Somon Eyr. Arxivnoye foto

Rasman: Oʻzbekiston va Tojikiston vizalarni bekor qilishga kelishdi

© Ofitsialnыy sayt
Turizm
Havola olish
Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstligi (13)
121420

Vizalarni bekor qilish boʻyicha bitim Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari davomida imzolanadi, deb bayonot qildi Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston viza cheklovlarini bekor qilishga kelishib oldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Shu kunlarda Oʻzbekiston hukumati Tojikistonda safarda boʻldi, u yerda maʼlum kelishuvlarga erishildi. Bitim (vizalarni bekor qilish boʻyicha — tahr.) prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari vaqtida imzolanadi", — dedi Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Uning soʻzlariga koʻra, bu juda jiddiy qadam, va bu ishni amalga oshishini ikkala tomon xalqlari ham katta umid bilan kutishmoqda.

"Ishonchimiz komilki, qarindoshlarnikiga boʻladigan safarlar miqdori ortadi, shuningdek bu tibbiy turizmning rivojlanishiga ham turtki boʻladi, Tojikiston fuqarolari Samarqandga, Buxoroga va Xivaga kelishadi. Biz keladiganlar soni 150-200 ming boʻlishini kutmoqdamiz", — dedi u.

Ayni vaqtda tomonlar Samarqand, Buxoro va Dushanbe oʻrtasidagi parvozlarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda.

Mavzu:
Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstligi (13)

Asosiy mavzular