Mart oyidan Toshkent-Issiqko‘l poyezdi qatnay boshlaydi

© Novosti UzbekistanaTuristicheskiy poyezd do Issik-kulya nachnet kursirovat iz Tashkenta
Turisticheskiy poyezd do Issik-kulya nachnet kursirovat iz Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poyezd Toshkentdan Baliqchiga shanba kunlari yo‘lga chiqadi

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. 22 martdan boshlab Toshkent — Baliqchi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "Kirgiz temir jolu" kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ga qarashli 455/456-raqamli yo‘lovchi poyezdi tarkibi haftada bir marta qatnaydi. Poyezd Toshkentdan Baliqchiga shanba kunlari yo‘lga chiqadi", — deyiladi xabarda.

Poyezd O‘zbekiston poytaxtidan 22-mart kuni yo‘lga chiqadi, ertasi kuni Baliqchida bo‘ladi va 24-mart kuni Toshkentga qaytadi.

Poyezd tarkibi yettita kupe, uchta plaskart vagoni va vagon-restorandan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Soronbay Jeenbekovning Toshkentga yaqinda qilgan tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0