10:22 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Turizm
Havola olish
38510

Assotsiatsiya vakillari ayniqsa ziyorat turizmini rivojlantirish va ommalashtirishni koʻzda tutishmoqda

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. Hozirda Oʻzbekistonda turistlar oqimini oshirish uchun barcha shart-sharoitlar mujassam, dedi Islom biznesi xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Irshat Yunusov.

Uning soʻzlariga koʻra, bu sohada ulkan salohiyat mavjud boʻlib, bundan mamlakat farovonligini yuksaltirishda foydalanish mumkin.

"Assotsiatsiyamiz muassis va aʼzolari orasida halol yoʻnalishida ish olib boradigan 200dan ortiq yirik tashkilotlar boʻlib, ularda bir necha ming xodim va yakka tadbirkorlar faoliyat koʻrsatadi. Ana shular va ularning yaqinlari yordami bilan ham Oʻzbekistonga turistlar oqimini sezilarli darajada oshirishimiz mumkin. Hozirda mamlakatda buning uchun barcha shart-sharoitlar mujassam", — dedi Yunusov.

Assotsiatsiya vakillari ayniqsa ziyorat turizmini rivojlantirish va ommalashtirishni koʻzda tutishmoqda.

Buyuk islom mutafakkirlari va aziz avliyolar maqbaralarini ziyorat qilishni xohlovchilar uchun besh kun va toʻrt tundan iborat sayohat takliflari tayyorlandi.

"Biznes-turizmning rivojlanishi Oʻzbekistonga yangi investitsiyalar kiritilishiga sabab boʻladi, bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi", — dedi u.

Oʻzbekiston hukumati mamlakat turizm salohiyatini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, yetti davlat bilan vizasiz rejim joriy etildi va 39 mamlakat fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartibi soddalashtirildi. Bundan tashqari, aviatashuvlar narxlarida oʻzgarishlar boʻlishi, Duty Free magazinlari ochilishi va Tax Free tizimi joriy etilishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular