Moskvada Navro‘z tantanalari 25-mart kuni bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / StringerZriteli s vostorgom vstrechayut tansevalnuyu gruppu iz Uzbekistana
Zriteli s vostorgom vstrechayut tansevalnuyu gruppu iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri Moskvadagi VDNX bog‘ining 75 paviloni va uning atrofida o‘tkaziladi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Bu yil Moskvada Navo‘z bayrami 25-mart yakshanba kuni nishonlanadi, deb xabar qildi Moskva shahar millatlar siyosati departamenti rahbari o‘rinbosari Petrov Ivan Yevgenyevich RIA Novostiga.

“Moskvada yashayotgan barcha millat vakillari orasida Navro‘z bayramiga bo‘lgan qiziqish yil sayin o‘sib bormoqda. Biz ushbu bayramni, ataylab ochiq va keng nishonlashga qaror qildik. Bu ushbu bayramda nafaqat Navro‘zni an’anaviy nishonlab kelayotgan millatlar vakillari, balkim ko‘plab rus, ukrain, belorus va boshqa millat vakillari ham ishtirok etishiga imkon yaratadi. Bunga yakshanba kuni o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin”, — dedi Petrov.  

Navro‘z tantanalari, odatdagidek 75 pavillionda Navro‘zni an’anaviy nishonlaydigan mamlakatlar milliy stendlari ko‘rgazmasidan boshlanadi.

Predsedatel Uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii g. Moskvi Xabib Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Navro‘zni nishonlash migrantlar uchun juda muhim - Habib Abdullayev

Soat 13:00 da Rossiya va Navro‘z milliy bayram bo‘lgan MDH mamlakatlari estrada yulduzlari ishtirokida 2 soatli katta gala konsert bo‘lib o‘tadi. Biroz tanaffusdan so‘ng turli havaskor jamoalar ishtirokida konsert dasturi davom etadi.

Bayramda, shuningdek, Moskva Navro‘zi uchun an’anaviy bo‘lgan palov festivali, milliy liboslar namoyishi milliy kurash turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Moskvada Navruz 13-marta nishonlanmoqda. Yil sayin unda ishtirok etayotgan mamlakatlar, tashrif buyuruvchilar va uyushtirilayotgan ko‘ngilochar tadbirlar soni ham ko‘payib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0