16:08 19 May 2019
Efir
  • RUB129.74
  • EUR9501.05
  • USD8458.16
Pokupka bileta

Samarqandda migrantlarga arzon chipta sotadigan kassalar ishga tushirildi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Turizm
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
28910

Ushbu ixtisoslashtirilgan kassada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolarga extiyojidan kelib chiqib, temir yoʻl yoki avia chiptalarni 20 % chegirmada sotish yoʻlga qoʻyildi

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Joriy yil 1 apreldan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va uning hududiy filiallari huzurida ixtisoslashtirilgan kassalar tashkil etildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

Ushbu choralar prezident tomonidan imzolangan "Oʻzbekiston Resublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqishda xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

"Samarqand viloyatida ixtisoslashtirilgan kassa Samarqand shahar, Boʻstonsaroy koʻchasi, 54-uy manzili (Samarqand viloyat IIBning qarama-qarshisi)da joylashgan binoda tashkil etildi. Ushbu ixtisoslashtirilgan kassada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolarga extiyojidan kelib chiqib, temir yoʻl yoki avia chiptalarni 20 % chegirmada sotish yoʻlga qoʻyilgan", — dedi Hafizov.

Migrantam prodayut biletы so skidkoy
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyati filiali
Migrantam prodayut biletы so skidkoy

Taʼkidlanishicha, "Aloqabank" AT tomonidan soddalashtirilgan tartibda, minimal komissiyali "VIZA MIGRANT" plastik kartochkasi joriy etilib, yilda bir marta chipta harajatlarining 300 ming soʻmi qoplab berilishi ham yoʻlga qoʻyilgan.

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan kassada sugʻurta kompaniyasi tomonidan imtiyozli tariflarda fuqarolarning hayoti va sogʻligi sugʻurtalanadi.

Yuqoridagi xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolar avvalambor Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining maʼlumotlar bazasidan roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻlib, 3 kundan soʻng maxsus kassaga murojaat qilib, imtiyozli chiptalar olishi mumkin.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida hududiy Bandlikka koʻmaklashish markazlari qoshida sektorlar tashkil etildi. Sektorlar fuqarolarni maʼlumotlar bazasiga roʻyxatga olish, tushuntirish ishlari, yaʼni targʻibot ishlari bilan shugʻullanadi.

"Ushbu qarorni qabul qilishdan maqsad shundaki vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqishda manziliga qadar xavfsiz yetib olishi, yoʻl davomida yoʻl-transport xodisalarini oldini olishga qaratilgan. Bugungi kunda 300 dan ortiq fuqarolar tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 92 nafariga oʻzlariga qulay boʻlgan yoʻnalishlarga chiptalar sotilgan", dedi Hafizov.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)

Asosiy mavzular