O‘zbekiston va Pokiston tarixda birinchi marta hamkorlikda iftorlik o‘tkazdi

© TPP UzbekistanaPokistonda o‘tkazilgan iftorlik marosimi
Pokistonda o‘tkazilgan iftorlik marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iftorlikda Pokiston hukumat vakillari, siyosiy tashkilotlar, ziyolilar, tadbirkorlar, OAV vakillari, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, “Naqshbandiya” ordeni sohiblari, O‘zbek diasporasi qatnashdilar

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi va "O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar Kengashi"hamkorligida ikki tomonlama munosabat tarixida birinchi marta Islomobod shahrining "Marriott" mehmonxonasida "Iftorlik" marosimi o‘tkazildi.

Iftorlikda Pokiston hukumat vakillari, siyosiy tashkilotlar, ziyolilar, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, "Naqshbandiya" ordeni sohiblari, o‘zbek diasporalari vakillari qatnashdilar.

"Iftorlikning faxriy mehmonlari Pokiston poytaxti hokimi Shayx Ansar Aziz, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Zoxir Janjua, shuningdek Islomobod Savdo-sanoat palatasi prezidenti janob Ravalpindi bo‘ldi. Marosimda bir qator "Tabani Group", "Diners Group", "Arshad&Co." singari yirik kampaniya vakillari qatnashdilar", — deb xabar qildi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot-xizmati.

Nachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiylari "Tinchlik missiyasi — 2018" mashg‘ulotlarida qatnashadi

Mehmonlarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot kataloglari va "Ziyorat turizm" bo‘yicha turli risolalar tarqatilgan. Bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonda haj safarlari, respublikaning tarixiy shaharlari haqidagi video-roliklar ham namoyish etilgan.

Mehmonlar O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi tomonidan iftorlik dasturi tashkil etilishini O‘zbekistonda diniy va millatlararo bag‘rikenglikni himoya qilish va rivojlantirish singari insonparvar siyosat olib borayotganidan dalolat berishini alohida ta’kidladilar, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0