03:49 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Zolotыe slitki iz kollektsii Goxrana

Oʻzbekistonda turistlar oltin yombilarini sotib olishi yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Turizm
Havola olish
27521

Navoiy shahrida turli oʻlchamdagi oltin yombilari ishlab chiqarish zavodi quriladi va turistlarga oltin yombilari olib chiqish huquqi beriladi.

TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonga kelgan sayyohlar oltin yombilarini sotib olishi mumkin boʻladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi.

Bu haqida prezidentning 7 iyunda eʼlon qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan oʻlchovli yombilarni ishlab chiqarish va qimmatbaho metallar bozori faoliyatini  tartibga solish toʻgʻrisidagi” qarorida aytib oʻtilgan.

Rasmiy hujjatda, “Navoiy TMK” Davlat korxonasi asosida oʻlchami 5 grammdan 1000 grammgacha boʻlgan oltin va kumush yombilarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy yuqori texnologiyali majmua qurilishi haqida aytib oʻtilgan.

Loyiha ishga tushganidan keyin, Navoiy TMK oʻzi ishlab chiqargan oltin va kumush yombilarini ichki bozorda milliy valyuta evaziga sotish huquqiga ega boʻladi. Shuningdek, qimmatbaho metallar savdosi bilan shugʻullanuvchi xususiy korxonalar ham ushbu yombilan savdosi bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.

“Ushbu qarorni amalga oshirish – Oʻzbekistonning sayyohlik yoʻnalishi sifatida jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Turizmning rivojlangan turlaridan biri bu – shopping turizm, yaʼni xarid qilish uchun amalga oshirilgan sayohat. U Xitoy va hindistolik sayyohlar orasida ommaviy. Ushbu mamlakatlardan Oʻzbekistonga koʻplab sayyohlar kelmoqda. Xitoy va hindistolik sayyohlar oʻz tashrifi davomida oltin buyumlarni sotib olishni yaxshi koʻrishadi. Oltin yombilari ham shular jumlasidan. Bu Oʻzbekiston qimmatbaho metallar bozorini rivojlantirib, mamlakatga yanada koʻproq sayyohlarni jalb qilishi mumkin”, - deyilgan qoʻmita xabarida.

Shu bilan bir vaqtda, Oʻzbekistondan qimmatbaho metallarni olib chiqish tartib-qoidalari va olib chiqish mumkin boʻlgan qimmatbaho metallar miqdoriga oʻzgarishlar kiritiladi.

Asosiy mavzular