23:20 13 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Turistы v Samarkande

Oʻzbekistonga xorijlik turistlar tashrifi ikki baravarga oshdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Turizm
Havola olish
29510

Joriy yilning dastlabki olti oyida Oʻzbekistonga 2 688 962 xorijlik turist kelgan.

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik. 2018 yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan xorijlik turistlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki baravarga oʻsdi, deb xabar berdi Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi matbuot xizmati.

Joriy yilning dastlabki olti oyida Oʻzbekistonga 2 688 962 xorijlik turist kelgan.

Qoʻmitaning bildirishicha, Oʻzbekiston vizasiz rejim tartibini joriy etgan davlatlardan turistlar kelishi oshgan. Masalan, Turkiyadan 31 966 nafar turist kelgan boʻlib, bu 2017 yilgi koʻrsatkichga nisbatan 95,6%ga koʻp. Shuningdek, Yaponiya (68,1%), Isroil (86,2%), Indoneziya (uch baravardan koʻproq), Singapur (2,5 baravardan koʻproq)ga oʻsgan .

Iyun oyida shuningdek, Janubiy Koreya (57,5%), Malayziya (2,6 baravar) davlatlaridan ham turistlar oqimi oʻsganligi qayd etilgan.

Asosiy mavzular